Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

DXX ikki mansabdorni qo‘lga oldi

DXX ikki mansabdorni qo‘lga oldi

Davlat xavfsizlik xizmati Toshkent viloyatida bosh mutaxassisni, Buxoroda esa arxitektorni qo‘lga oldi.

Toshkent viloyati Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi sohasida hududiy nazorat qilish inspeksiyasi bosh mutaxassisi mahalliy tadbirkor tomonidan O‘rtachirchiq tumanida qurilgan 3 qavatli savdo majmuasi binosini foydalanishga qabul qilib berish va boshqa hujjatlarini tegishli tashkilotlarda ishlovchi tanishlari orqali hal qilib berish evaziga 12 ming AQSh dollari talab qiladi. U so‘ralgan pul mablag‘idan 10 ming AQSh dollarini oldindan olgan vaqtida ushlandi.

«O‘zbekiston shaharsozlik bo‘yicha loyihalash ilmiy-tadqiqot instituti» arxitektori o‘z xizmat mavqeidan foydalanib hamda Buxoro viloyati Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi bosh boshqarmasidagi tanishlari orqali, Buxoro shahrida qurilish faoliyati bilan shug‘ullanuvchi MChJga tegishli 8 sotix yer maydonida bino-inshootlar qurilishi uchun loyiha-smeta hujjatlarini tayyorlashga yordam berishga 5 ming AQSh dollari talab qiladi va so‘ralgan pul mablag‘ini olgan vaqtida ushlandi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring