Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

DXX chegarada yirik kontrabandani aniqladi

DXX chegarada yirik kontrabandani aniqladi

Davlat xavfsizlik xizmatining Surxondaryo viloyati bo‘yicha boshqarmasi xodimlari va Chegara qo‘shinlari harbiy xizmatchilari hamkorligida olib borilgan tezkor-qidiruv tadbirlari natijasida Tojikiston Respublikasidan olib kelingan katta miqdordagi narkotik moddalar musodara qilindi.

Jumladan, o‘zbek-tojik davlat chegarasining Sariosiyo tumani Chashma qishlog‘i hududidan o‘tgan qismida 4 dona ryukzakda 39 kg. 409 gr. «geroin», 35 kg. 745 gr. «opiy» va 14 kg. 545 gr. «gashish» moddalari borligi aniqlanib, protsessual tartibda rasmiylashtirib olindi.

Hozirda holat yuzasidan DXX Surxondaryo viloyati bo‘yicha boshqarmasi Tergov bo‘limi tomonidan Jinoyat Kodeksining 246-moddasi 2-qismi (kontrabanda) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, ushbu umumiy og‘irligi 89 kg. 699 gr. bo‘lgan giyohvandlik vositalari egalarining shaxsiga aniqlik kiritish bo‘yicha zarur chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring