Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Dunyoda har yili 3 milliondan ortiq kishi odam savdosi qurboniga aylanmoqda

Dunyoda har yili 3 milliondan ortiq kishi odam savdosi qurboniga aylanmoqda

Andijon davlat universitetida viloyat ichki ishlar boshqarmasi va viloyat prokuraturasi bilan hamkorlikda «Yoshlar o‘rtasida odam savdosiga qarshi kurashish va terrorizmga olib keluvchi ekstremizm va radikalizmni oldini olish» mavzusida yoshlar bilan uchrashuv o‘tkazildi.

BMT ma’lumotiga ko‘ra, dunyoda har yili taxminan 3 milliondan ortiq kishi odam savdosining qurboniga aylanmoqda. Xalqaro ekspertlarning baholashicha, ushbu jinoyatchilik natijasida olinayotgan yillik daromad miqdori 7 milliard AQSh dollaridan oshib ketgan.

Tashvishlanarlisi, odam savdosi jinoyatidan jabrlanganlarning 80 foizi ayol va bolalardir. Har yili dunyo bo‘yicha 600 mingdan 800 minggacha ayollar va bolalar turli aldov yo‘llari bilan chet ellarga olib ketilib, ekspluatatsiya qilish maqsadida sotib yuborilmoqda. Shuningdek, jinoiy guruhlar uchun odam savdosi juda katta daromad keltiradigan manba bo‘lib, u giyohvandlik moddalari va qurol savdosidan keyin uchinchi o‘rinni egallamoqda.

O‘tkazilgan tadbirda Odam savdosi, terrorizm va ekstremizm bilan bog‘liq jinoyatlarning huquqiy tavsifi, ular uchun javobgarlik, yoshlarning shu kabi yod g‘oyalar ta’siriga tushib qolish sabablari va ularni oldini olishga qaratilgan chora-tadbirlar hamda odam savdosi va noqonuniy migratsiyaning salbiy oqibatlari, viloyatimizda odam savdosiga qarshi kurashish borasida amalga oshirilayotgan ishlar to‘g‘risida yoshlarga atroflicha ma’lumotlar yetkazildi.

Andijon viloyati IIB Axborot xizmati

Manba: iiv.uz

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring