Dron sabab hibsga olingan rossiyalik bloger ozod qilindi
Rossiyalik trevel-bloger Maksim Limar Buxoro aeroportida bagajidagi dron tufayli hibsga olingani haqida xabar berilgan edi.
Rossiyaning O‘zbekistondagi elchixonasining ma’lum qilishicha, Maksim Limar uy qamog‘idan ozod qilingan.
Qayd etilishicha, u 2022 yil 9 fevralda Novosibirskka qaytishni rejalashtirmoqda.
«Biz O‘zbekiston tomoniga ushbu masalani tezkorlik bilan hal qilgani uchun o‘z minnatdorchiligimizni bildiramiz», deyiladi elchixona xabarida.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter