Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Denovlik ayolning qo‘shnisi video evaziga pul talab qildi

Denovlik ayolning qo‘shnisi video evaziga pul talab qildi

Denov tumanidagi «O‘zgarish» mahallasida yashovchi ayol N.B. tuman IIO FMB ga ariza bilan murojaat qilgan.

Unga ko‘ra, mahalladoshi B.U. uning videotasvirini xorijda ishlayotgan turmush o‘rtog‘iga hamda ijtimoiy tarmoqlarga tarqatishini aytib tahdid qilgani va buni qilmasligi uchun ayoldan 500 AQSh dollari talab qilayotgani keltirilgan.

Surxondaryo viloyati IIB JQB va tuman IIO FMB xodimlari tomonidan N.B.ning arizasiga asosan o‘tkazilgan tadbir davomida B.U. 5.200.000 so‘mni mahallasi hududida olayotgan vaqtida ushlangan, talab qilingan pul ashyoviy dalil sifatida olingan.

B.U.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 165-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring