Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Damasni yashirgan bilan «01» jarimadan qutilib qolmadi

Damasni yashirgan bilan «01» jarimadan qutilib qolmadi

Jinoyat ishlari bo‘yicha Ishtixon tuman sudining qarori bilan N.T. bir yilu olti oy muddatga transport vositalarini boshqarish huquqidan mahrum etilib, 7,5 mln. so‘m miqdoridagi jarimaga tortiladi.

Ijro varaqasi Byuroning Jizzax shahar bo‘limiga kelib tushgach, qarzdorga nisbatan «ish» qo‘zg‘atilib, barcha mol-mulklariga taqiq o‘rnatilgan.

N.T. ogohlantirishlarga qaramasdan, jarimani to‘lashdan bo‘yin tovlaydi. Bu ham kamlik qilganidek, o‘ziga tegishli «Damas» avtomashinasini yashirib qo‘yadi. Shundan so‘ng davlat ijrochisi tomonidan avtotransportga nisbatan qidiruv e’lon qilingan.

Ijro harakatlari natijasida hamkorlar bilan «Damas» avtomashinasi Jizzax shahridagi mahallalardan birida harakatlanayotganligi aniqlanib, jarima maydonchasiga joylashtirilgan.

Endi mavjud qarzdorliklar bartaraf etilmagan taqdirda, ushbu «Damas» elektron-onlayn savdolariga qo‘yiladi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring