Dala maydonidagi janjalda fuqaro ketmon bilan urib o‘ldirildi

Toshkent viloyatining Zangiota tumani Dehqonobod MFY hududida joylashgan «Amirxon Omad Agro» fermer xo‘jaligi dala maydonida 2018-yil 25-oktyabr kuni janjal yuzaga kelgan.
O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi xabariga ko‘ra, Achchiqsoy MFY ko‘chasida yashovchi B.S. vagon ichida, o‘zaro janjal oqibatida, mast holda bo‘lgan fuqaro J.Kning tanasini turli joylariga ketmon sopi bilan urib, jarohat yetkazgan.
Natijada J.K. olgan jarohatlari sabab kasalxonaga yotqizilgan va ko‘rsatilgan tibbiy muolajalarga qaramay vafot etgan. B.S. ko‘lga olingan. Mazkur holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter