Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Sifati kafolatlanmagan sement uchun 7 mlrd so‘m jarima!

Sifati kafolatlanmagan sement uchun 7 mlrd so‘m jarima!

Toshkent viloyatida sifati kafolatlanmagan, muvofiqlik sertifikatsiz 12 mlrd so‘mlik sement mahsulotlari aniqlandi.

O‘zbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligining Nazorat inspeksiyasi Toshkent viloyati bo‘limi tomonidan Toshkent viloyati, Ohangaron tumanidagi «TCS»  MChJda (nomi o‘zgartirilgan) sifati kafolatlanmagan, muvofiqlik sertifikatsiz sement mahsulotlarini ishlab chiqarish faoliyati bilan shug‘ullanuvchi korxona fosh etildi.

Mazkur holat yuzasidan 7 mlrd so‘m jarima tarzidagi moliyaviy sanksiya qo‘llanilishi to‘g‘risida dalolatnoma rasmiylashtirildi va  materiallar sudga kiritildi, deyiladi O‘TJTSAning Nazorat inspeksiyasi matbuot xizmati xabarida.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring