Chiroqchida 32 yoshli erkakning IIBda vafot etishi holati yuzasidan brifing o‘tkaziladi
Chiroqchida mol o‘g‘irlashda gumon qilingan 32 yoshli erkak IIB xodimlari tomonidan kaltaklanishi oqibatida vafoti etganiga oid xabar tarqalgandi. Bosh prokuratura matbuot xizmati tarqalgan xabarlar haqiqatdan yiroq emasligini tasdiqlab, Chiroqchida bir necha IIB xodimi qamoqqa olinganini ma’lum qilgandi.
Keskin munosabatlar keltirib chiqargan ushbu voqelik yuzasidan Qashqadaryo viloyati IIB axborot xizmati tomonidan 2020-yil 30-yanvar (payshanba) kuni soat 12:00 da Qashqadaryo viloyati IIB binosida brifing o‘tkazilishi haqida xabar berildi.
Tadbirga barcha OAV vakillari va blogerlar taklif etilgan. Mazkur matbuot anjumanida ishtirok etish istagini bildirganlar, o‘zlari bilan fuqarolik pasporti yoki boshqa shaxslarini tasdiqlovchi hujjat bilan kelishlari so‘ralgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter