Chet elda o‘qiyotgan yoshlar o‘qishini O‘zbekistonga ko‘chirishi mumkinmi?
Chet elda o‘qiyotgan o‘zbekistonlik yoshlar moddiy ahvoli yomonlashgani bois o‘qishini o‘z vataniga ko‘chirishi mumkinmi?
Xorijiy davlatlarning akkreditatsiyaga ega bo‘lgan oliy ta’lim muassasalaridan O‘zbekiston oliy ta’lim muassasalariga o‘qishini ko‘chirish istagini bildirgan fuqarolarning arizalarini qabul qilishni tashkil etish O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi vakolatiga kiradi.
Mazkur vakolat doirasida har yili, odatda yozgi ta’til davrida, vazirlikning buyrug‘iga muvofiq Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida joylashgan universitetlarda hududiy ishchi guruhlar tashkil etiladi va o‘qishini ko‘chirish istagini bildirgan fuqarolar 2018-yilning 15-iyulidan 5-avgustigacha ariza bilan murojaat etishi mumkin. Davlat oliy ta’lim muassasalarida o‘qishni ko‘chirish va qayta tiklash jarayoni (arizani qabul qilish, rasmiylashtirish va qaror qabul qilish) bepul amalga oshiriladi.
Hududiy ishchi guruhga fuqarolar o‘qishini ko‘chirish uchun quyidagi hujjatlarni taqdim etadi:
— ko‘chirishni istagan ta’lim yo‘nalishi (mutaxassisligi), o‘quv tili va shakli ko‘rsatilgan ariza (arizada o‘qigan oliy ta’lim muassasasi va ta’lim yo‘nalishi (mutaxassisligi), ko‘chirish sabablari, ko‘chirish qoidalari bilan tanishganligi ko‘rsatiladi);
— talabaning reyting daftarchasi yoki belgilangan shakldagi akademik ma’lumotnoma nusxalari;
— pasportning nusxasi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter