Chegarada «Redmi Note 10s» smartfonlari musodara qilindi

Davlat xavfsizlik xizmatining Farg‘ona viloyati bo‘yicha boshqarmasi xodimlari tomonidan Farg‘ona tumanida istiqomat qiluvchi, 1977-y.t. «Q.U.»ning «o‘zbek-qirg‘iz» davlat chegarasi hududida joylashgan yashash xonadoni ko‘zdan kechirildi.
Qayd etilishicha, u yerda xufiyona joyga yashirib qo‘yilgan va tegishli hujjatlari bo‘lmagan 436 dona «Redmi Note 10s» uyali telefon apparatlari borligi aniqlanib, protsessual tartibda rasmiylashtirib olingan.
Tergovga qadar tekshiruv davomida «Q.U.» umumiy qiymati qariyb 935 mln. so‘mni tashkil etuvchi mazkur telefon apparatlarini kelgusida sotish maqsadida Qirg‘iziston Respublikasi fuqarosidan olganligi ma’lum bo‘ldi.
Hozirda «Q.U.»ga nisbatan Jinoyat Kodeksining 182-moddasi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter