Chaqalog‘ini sotishga uringan sho‘rchilik fuqaroga nisbatan jinoyat ishi ochildi
Bosh prokuratura Departamentining Sho‘rchi tuman bo‘limi, tuman prokuraturasi va tuman IIB hamkorlikda o‘tkazgan tezkor tadbirda fuqaro Ch.T. o‘zining 2018-yil 13-oktyabr kuni tug‘ilgan farzandi R.B.ni 1,5 mln. so‘mga sotayotgan vaqtda ashyoviy dalillar bilan ushlangan. Bu haqda Bosh prokuratura matbuot xizmati xabar berdi.
Mazkur holat yuzasidan fuqaro Ch.T.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 135-moddasi 3-qismi «a» bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter