Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Boshqa poyezdga adashib chiqqan yo‘lovchi nima qilishi lozim?

Boshqa poyezdga adashib chiqqan yo‘lovchi nima qilishi lozim?

Foto: O‘zbekiston temir yo‘llari

Yo‘lda har qanday holat ro‘y berishi mumkin. Kimdir adashib qoladi, yana kimdir esa boshqa poyezdga o‘tirib olishi mumkin. Xo‘sh, bunday vaqtda qonunchilik nima deydi? «Huquqiy axborot» kanali shu haqida ma’lumot berib o‘tdi.

Boshqa noto‘g‘ri yo‘nalish poyezdiga adashib chiqqan yo‘lovchi, poyezdni eng yaqin stansiyada tark etishi kerak.

Bu holatda yo‘lovchi poyezdga adashib chiqqan stansiyasiga bepul qaytarib yuboriladi.

Chiptada ko‘rsatilgan muddatdan oldin poyezdga chiqqan yo‘lovchi yo‘ldagi stansiyada o‘z chiptalarini qayta rasmiylashtirish sharti bilan shu poyezdda manziliga yetib olishi mumkin.

Chiptasida ko‘rsatilganidan qimmatroq vagonga (masalan, chipta platskartga olingan vagon kupe bo‘lsa) kirib qolgan yo‘lovchidan jarima undirilmaydi. Yo‘lovchi bu holda uning chiptasiga mos keluvchi vagonga o‘tishi shart yoki bo‘sh joylar bo‘lsa ushbu vagonda qo‘shimcha to‘lov evaziga qolishi mumkin.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring