Bosh prokuror o‘rinbosariga yangi vazifa yuklatildi
Bosh prokuror o‘rinbosari Salom Samadovga Huquqni muhofaza qilish akademiyasi boshlig‘i lavozimini vaqtincha bajarish yuklatildi. Bu haqda «Davlat boshqaruvi» kanali xabar berdi.
Salom Samadov 1963 yilda tug‘ilgan, ma’lumoti oliy, huquqshunos. 1990 yilda Xarkiv yuridik institutini tamomlagan. 3–darajali davlat adliya maslahatchisi hisoblanadi.
Prokuratura organlaridagi ish faoliyatini 1990 yilda Buxoro viloyati Fayzullo Xo‘jayev tumani prokuraturasida boshlagan. Buxoro va Navoiy viloyatlari prokuraturalari organlarida turli lavozimlarda, 2005 yildan boshlab Bosh prokuratura boshqarma boshlig‘i o‘rinbosari, Xatirchi va Karmana tumanlari prokurori, Buxoro viloyati va Qoraqalpog‘iston prokurori o‘rinbosari, Qoraqalpog‘iston prokurori, O‘zbekiston prezidenti davlat maslahatchisi o‘rinbosari, birinchi o‘rinbosari lavozimlarida faoliyat yuritgan.
Samadov 2017–2018 yillarda bosh prokuror o‘rinbosari lavozimida ishlagan, 2018 yil oktyabridan 2022 yil avgustiga qadar Toshkent viloyati prokurori bo‘lgan, shundan keyin Qashqadaryo viloyati prokurori lavozimiga o‘tkazilgan. U 2023 yilning fevral oyi oxirlarida bosh prokuror o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter