Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Bosh prokuratura Qo‘qondagi holat bo‘yicha bayonot berdi

Bosh prokuratura Qo‘qondagi holat bo‘yicha bayonot berdi

Foto: «Xabar.uz»

Bosh prokuratura matbuot xizmati Qo‘qonda o‘tkazilgan tadbir jarayonida mahkama huzuridagi Departament xodimiga tan jarohati yetkazilgan holat yuzasidan ma’lumot berdi.

Bayonotga ko‘ra, Departamentining Farg‘ona viloyati boshqarmasi tomonidan Qo‘qon shahrida o‘tkazilgan tezkor tadbirda fuqaro X.M. (1981-y.t.) qonunga xilof ravishda jami 4 200 AQSh dollarini 40,2 mln. so‘mga sotayotgan vaqtida ushlangan. Ayni jarayonda fuqaro X.M. departament xodimi M.A.ning ko‘z sohasiga gaz balloncha bilan gaz sepib, unga tan jarohati yetkazadi va hodisa joyida yashirinadi.

Mazkur holat bo‘yicha Qo‘qon shahar prokuraturasi tomonidan JKning 219-moddasi (hokimiyat vakilining qonuniy faoliyatiga faol qarshilik ko‘rsatish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.

Tergov harakatlari olib borilmoqda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring