«Bog‘cha opa» hamkasblarining kartasidan pul o‘g‘irladi
Qashqadaryo viloyati Koson tumanida yashovchi fuqaro G.K. va F.M.lar ariza bilan murojaat qilib, noma’lum shaxs ularning bank kartasidan pul o‘g‘irlaganini ma’lum qilishgan.
Qayd etilishicha, G.K.ning bank kartasida bo‘lgan 2.854.000 so‘m hamda F.M.ning bank kartasida bo‘lgan 3.977.383 so‘m miqdoridagi pullarini yechib olingan. Murojaatchilar aybdor shaxsga nisbatan qonuniy chora ko‘rishlikni so‘rashgan.
Tekshiruvlar natijasida, ushbu jinoyatni jabrlanuvchilarning hamkasbi — Koson tumanida yashovchi, 1999 y.t. Z.Ch. sodir etganligi aniqlangan.
Z.Ch. bank kartasi ma’lumotlari va jabrlanuvchilarning telefoniga kelgan sms-kodni olib, bank kartasi boshqaruvini qo‘lga kiritib, pullarni o‘zlashtirganligi ma’lum bo‘lgan.
Z.Ch.ga nisbatan Jinoyat Kodeksining 169-modda 3-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistonda ushbu turdagi jinoyat uchun jazo og‘irlashtirilmoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter