Bir yildan ortiq qidiruvda bo‘lgan qizcha ota tarbiyasiga olib berildi
Majburiy ijro byurosi Namangan viloyat boshqarmasi hamda tegishli huquqni muhofaza qilish idoralari bilan hamkorlikda amalga oshirilgan tadbirlar davomida 8 yoshli qizcha sud hujjati bo‘yicha ota tarbiyasiga olib berildi.
Aniqlanishicha, Byuroning Davlatobod tuman bo‘limi ish yurituvida fuqarolik ishlari bo‘yicha Namangan tumanlararo sudining 20.05.2022 yildagi ijro varaqasiga asosan voyaga yetmagan N. Rahmatullayevani undiruvchi B. Halilov tarbiyasiga olib berish to‘g‘risidagi ijro hujjati mavjud bo‘lgan. Sud qarori ijrosini ta’minlash maqsadida davlat ijrochisi tomonidan tegishli chora-tadbirlar amalga oshirilgan. Bir necha bor majburiy ijro harakatlari olib borilgan.
Javobgarning ko‘rsatilgan yashash manziliga borib o‘rganilganda voyaga yetmagan N.Rahmatullayeva yo‘qligi aniqlanib, xolislar ishtirokida dalolatnoma rasmiylashtirilgan. Shu sababli davlat ijrochisi tomonidan belgilangan tartibda hujjatlar rasmiylashtirilib, N.Rahmatullayevani topish imkoni bo‘lmaganligi sababli unga nisbatan 05.09.2022 yilda qidiruv e’lon qilingan.
Qizcha bir yildan oshiq vaqt o‘tib topildi va sud qarorida ko‘rsatilganidek B.Halilov tarbiyasiga olib berildi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter