Bir qarashda bo‘sh tuyulgandi — bojxonachilar yukxona yashirin bo‘lmasini fosh etishdi
Qashqadaryo viloyatida rangli metall parchalarini mamlakatimiz hududidan noqonuniy olib chiqib ketish holatlarining oldini olish bo‘yicha bojxonachilar tomonidan huquqni muhofaza qiluvchi organ xodimlari bilan hamkorlikdagi tadbirlar davom ettirilmoqda.
Xususan, Qashqadaryo viloyat bojxona boshqarmasi xodimlari hamda ichki ishlar idoralari vakillari bilan hamkorlikda Chiroqchi tumanida o‘tkazilgan tezkor tadbir davomida fuqaro N.B. boshqaruvidagi Kamaz rusumli yuk avtomashinasi shubha ostiga olinib, to‘xtatildi va xolislar ishtirokida ko‘zdan kechirildi.
Bir qarashda avtomashina yukxonasi bo‘shdek tuyulsa-da, ammo yukxonada taxtadan yashirin bo‘lma hosil qilingani aniqlandi. Ushbu hufyona joyga esa hech qanday tegishli hujjatlarga ega bo‘lmagan 1 tonna 244 kilogramm rangli metall parchalari yashirilgan ekan.
Ashyoviy dalil sifatida olingan, qiymati esa 16 mln. so‘mlik rangli metall parchalari «O‘zikkilamchirangmetzavod» AJning viloyatdagi filialiga vaqtincha saqlovga topshirildi. Hozirda mazkur holat yuzasidan tekshiruv ishlari olib borilmoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter