Bir necha milliardlik imtiyozli kreditni o‘zlashtirgan MChJ rahbarlari aniqlandi
Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Zangiota tuman bo‘limi tomonidan tergovga qadar tekshiruv o‘tkazildi.
Unda, «S.» va «L.C.» MChJ rahbarlari o‘zaro til biriktirib, Zangiota tumanidagi bank filialidan yengil tipdagi zamonaviy issiqxona qurish maqsadida 5,9 mlrd so‘m imtiyozli krediti ajratilishiga erishib, shundan 1,2 mlrd so‘mini bank birjasi orqali 129,4 ming AQSh dollariga ayirboshlaganligi, 3,8 mlrd so‘miga jiyani N.ning nomiga Qibray tumanida yangi uy-joy qurib, jinoiy faoliyatdan olingan daromadini legallashtirganligi, o‘z navbatida, bank xodimlari ajratilgan kredit mablag‘ini monitoring o‘tkazmaganliklari aniqlangan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 167-moddasi (o‘zlashtirish yoki rastrata yo‘li bilan talon-toroj qilish), 207-moddasi (mansabga sovuqqonlik bilan qarash) va 243-moddasi (jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter