Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Bekobodda 16 yoshli yigitning mushtidan bir fuqaro vafot etdi

Bekobodda 16 yoshli yigitning mushtidan bir fuqaro vafot etdi

2019-yil 3-mart kuni Toshkent viloyatining Bekobod shahri O‘zbekiston ko‘chasida joylashgan markaziy dehqon bozori oldidagi piyodalar o‘tish yo‘lagida janjal yuzaga keldi.

IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi xabar berishicha, 16 yoshli Sh.S. o‘zaro janjal oqibatida Bekobod shahrida yashagan 52 yoshli O.T.ning yuziga musht tushirgan. Qo‘l zarbidan O.T. boshi bilan yerga yiqilib, jarohat olgan va voqea joyida vafot etgan.

Sh.S. qo‘lga olingan. Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring