Bekobod tumani sobiq hokimiga «ish» qo‘zg‘atilgani aytilmoqda
![Bekobod tumani sobiq hokimiga «ish» qo‘zg‘atilgani aytilmoqda](https://static.xabaruz.com/crop/6/2/720_460_95_620514259.jpg)
Bir muddat Bekobod tumani hokimi vazifasida faoliyat ko‘rsatgan O.Isroilovga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgani aytilmoqda. Bu haqda «Jahon.uz» sayti xabar tarqatmoqda.
Unga ko‘ra, sobiq mansabdor jinoyat kodeksining qator moddalari bilan ayblanmoqda. Ular orasida mansab va mansabdorlikka oid jinoyatlar alohida o‘rin tutadi.
Mazkur jinoyat ishi bo‘yicha yana besh nafar fuqaroga ham ayb e’lon qilingani aytiladi.
Sud qachon boshlanishi haqida hozircha aniq ma’lumot yo‘q.
Alohida qayd etish kerak, keyingi ikki-ikki yarim yil ichida Bekobodda to‘rt marta hokim o‘zgardi.
Ayni paytda tumanni N. Abdullayev boshqarmoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter