Bankning sobiq bo‘lim boshlig‘i qo‘lga olindi

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Boysun tuman bo‘limi tomonidan AT «Xalq banki» tuman filialining murojaatiga asosan fuqarolarning huquq va manfaatlarini himoya qilish yuzasidan tergovga qadar tekshiruv o‘tkazildi.
Unda filialning chakana xizmatlari sobiq bo‘lim boshlig‘i J.T. 9 nafar fuqaroning omonatga qo‘yish uchun topshirgan jami 566 mln so‘m naqd pullarini omonat hisob raqamlariga qo‘ymasdan, o‘zining shaxsiy ehtiyojlariga ishlatib, talon-toroj qilganligi aniqlangan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 167-moddasi (o‘zlashtirish yoki rastrata yo‘li bilan talon-toroj qilish) va 209-moddasi (mansab soxtakorligi) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter