Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Ayolning videosini eriga yuborish bilan qo‘rqitib pul ta’ma qilgan yigit qo‘lga tushdi

Ayolning videosini eriga yuborish bilan qo‘rqitib pul ta’ma qilgan yigit qo‘lga tushdi

Illyustrativ foto

Surxondaryo viloyatida ayolni sharmanda qilmoqchi bo‘lgan tovlamachi jinoyat ustida ushlandi.

2021-yilning 4-fevral kuni soat 15:00da 40 yoshli Nodira B.ning arizasiga asosan IIB xodimlari tomonidan Denov tumanidagi MFY.lardan birida o‘tkazilgan tezkor tadbir davomida, 31 yoshli Baxrom U. qo‘lga olindi.

Qayd etilishicha, u Nodira B.ning video tasvirini internetdagi ijtimoiy tarmoqlarga tarqatmasligi va uning Rossiyada ishlab yurgan turmush o‘rtog‘iga «Telegram» messendjeri orqali yubormasligi hamda o‘ziga tegishli uyali telefon apparatidan o‘chirib yuborishi evaziga 500 AQSh dollari miqdoridagi pullarni berishini talab qilib, tovlamachilik yo‘li bilan Nodira B.dan 5.200.000 so‘m pullarni olayotgan vaqtida ushlanib,  ushbu pullar Baxrom U.dan ashyoviy dalil tariqasida rasmiylashtirib olingan.

Mazkur holat yuzasidan Denov tumani IIO FMB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan Bahrom U.,ga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 165-moddasi 1-qismi (tovlamachilik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Dastlabki tergov davom etmoqda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring