Ayollar mehnati to‘liq yoki qisman taqiqlanadigan ishlar ro‘yxati bekor qilindi
O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 46-moddasida ayollar va erkaklarni teng huquqligi haqida gapiriladi. Ularga ta’lim olishda, kasbiy tayyorlanishda, ishda, mehnat uchun rag‘batlanishda va xizmat yuzasidan ko‘tarilishida teng huquqiy imkoniyatlar yaratiladi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 7-martdagi PQ–4235-son «Xotin-qizlarning mehnat huquqlari kafolatlarini yanada kuchaytirish va tadbirkorlik faoliyatini qo‘llab-quvvatlashga oid chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi qaroriga muvofiq ayollar mehnatini muayyan soha yoki kasblarda qo‘llash bo‘yicha taqiqlar bekor qilinishi belgilangan edi.
Mazkur qaror ijrosi yuzasidan 2000-yil 5-yanvarda 865-son bilan Adliya vazirligida davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan Ayollar mehnati to‘liq yoki qisman qo‘llanilishi taqiqlanadigan mehnat sharoiti noqulay bo‘lgan ishlar ro‘yxati bekor qilindi. Bu haqda Adliya vazirligi Jamoatchilik bilan aloqalar bo‘limi xabar qildi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter