Ayol o‘qituvchilarni urgan zo‘ravonning kimligi aniqlandi
Bosh prokuratura tomonidan maktab o‘qituvchilari ommaviy do‘pposlanganligi bilan bog‘liq videoyozuvdagi holat o‘rganildi.
Aniqlanshicha, 2023 yil 14 aprel kuni soat 12:00 larda Uzun tumanidagi 31-sonli o‘rta ta’lim maktabining direktor xonasida o‘tkazilayotgan yig‘ilishda 34 yoshli erkak (o‘qituvchi) ikki nafar ayol o‘qituvchilar bilan janjallashib, ularga tan jarohati yetkazgan.
Mazkur holat yuzasidan 18 aprel kuni Jinoyat kodeksining 277-moddasi (Bezorilik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Gumonlanuvchi shaxs protsessual tartibda ushlangan.
Tergov harakatlari davom etmoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter