Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Avval sud faxriylaridan, so‘ng marhum sudya oilasidan xabar olindi

Avval sud faxriylaridan, so‘ng marhum sudya oilasidan xabar olindi

Yaqinda Sudyalar oliy kengashi tomonidan soha faxriylarining sudyalik lavozimiga ilk bor tayinlangan yoshlar bilan uchrashuvi tashkil etilgan edi. Andijonda mazkur tadbirning mantiqiy davomi o‘laroq, yorug‘ yuz bilan pensiyaga chiqib, ayni damda keksalik gashtini surayotgan ustozlar navqiron hamkasblari bilan yaqindan muloqot qilishdi.

Aytildiki, sudyalik lavozimiga munosib bo‘lmoqning o‘zi oson emas. Taqdiriga shunday qismat bitilganlarning yorug‘ yuz yuz bilan nafaqaga chiqishi-ku, katta saodat. Buning uchun  professional salohiyat va layoqatning o‘zi kamlik qiladi. Sudyalar uchun alohida odob-axloq kodeksi ishlab chiqilganki, uning talablariga rioya etish o‘zini va kasbini hurmat qilgangagina oson. Adolat va ma’naviyat bir-birini to‘ldiruvchi tushunchalar ekanini alohida qayd etgan faxriylar yosh salaflari faoliyatida yuzaga kelayotgan muammo va tushunmovchiliklar yechimlari xususida ham qimmatli maslahatlarini berdilar.

Shu kuni viloyat sudi jamoasi o‘tgan yili navqiron yoshida koronavirus sabab hayotdan bevaqt ko‘z yumgan hamkasbining oilasidan xabar oldilar.  O‘zaro suhbatda sohibisiz qolgan xonadon qator iqtisodiy muammolarga, jumladan, oliy o‘quv yurtida tahsil olayotgan farzandining kontrakt to‘lovi borasida muammoga duch kelgani ma’lum bo‘ldi. Shu kuniyoq kerakli chora-tadbirlar qo‘llanishi natijasida muammo hal etildi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring