Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

AOKA qonun loyihasini ishlab chiqdi: Tuhmat va haqorat uchun qamoq jazosi bekor qilinadi

AOKA qonun loyihasini ishlab chiqdi: Tuhmat va haqorat uchun qamoq jazosi bekor qilinadi

Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi rahbari Komil Allamjonov o‘zining telegramdagi kanalida tuhmat va haqorat uchun ozodlikdan mahrum qilish bilan bog‘liq norma bekor qilinishiga oid loyiha ishlab chiqilganini ma’lum qildi.

Tegishli qonun loyihasi muhokamaga qo‘yildi.

«Agentligimiz Prezident qarori asosida O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat kodeksidan tuhmat va haqorat uchun ozodlikdan mahrum etishni chiqarib tashlash bo‘yicha qonun loyihasini ishlab chiqdi.

Qonun loyihasi bilan quyidagi havola orqali tanishingiz va o‘z takliflaringizni bildirishingiz mumkin», qayd etdi Komil Allamjonov.

Qonun loyihasi muhokamasi shu yilning 30 yanvariga qadar davom etadi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring