Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Andijonlik «Abdulloh ishi». Vazir inkor etdi, boshqalar indamadi

Andijonlik «Abdulloh ishi». Vazir inkor etdi, boshqalar indamadi

Bugun, 18-dekabr kuni O‘zbekiston Elektron ommaviy axborot vositalari milliy assotsiatsiyasining «Zarafshon» zali «Media hall»ida bo‘lib o‘tgan «Yangi O‘zbekiston — yangi saylovlar» munozara klubining navbatdagi tadbirida andijonlik Abdulloh Tohirovning «bir yo‘qolib, keyin topilishi»ga oid masala yana bir karra ko‘tarildi. Ma’lumki, shu yilning 27-oktyabr kuni  Andijon viloyati IIBga chaqirtirilgan 20 yashar Abdulloh Tohirovning daragi chiqmayotgani katta shov-shuvga sabab bo‘lgandi.

Oradan o‘n ikki kun o‘tib, yigit topilgandi. Biroq shuncha vaqt qayerda va nima sababdan ushlab turilgani haqida o‘zi hech nima demaydi. Bu orada IIV matbuot xizmati «A.Tohirov ishi bilan boshqa idora shug‘ullanayotgani, bu haqda OAV uchun axborot beriladi», degan mazmunda xabar beradi. Biroq yigitning ishi bilan «qaysi idora» shug‘ullangani ham, u haqdagi ma’lumot ham nasiyaga kolib ketadi. Mazkur sirli holatga haligacha aniqlik kiritilgani yo‘q.

Shu mazmundagi savolga bugun Ichki ishlar vaziri Po‘lat Bobojonovning javobi qisqa bo‘ldi: «A.Tohirovni ichki ishlar xodimlari ushlashmagan (?), bu haqda bizda hech qanday ma’lumot yo‘q».

Tadbirda ishtirok etayotgan Bosh prokuratura rahbariyati ayni savolga sukutni ravo ko‘rdi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring