Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Andijondagi «qiynoq ishi» bo‘yicha tergov harakatlari yakunlandi — Bosh prokuratura

Andijondagi «qiynoq ishi» bo‘yicha tergov harakatlari yakunlandi — Bosh prokuratura

Foto: Videolavhadan skrinshot

Shu yilning may oyida o‘g‘rilikda gumon qilingan fuqaro A. Abdukarimov Andijon shahar IIO FMB 4-sonli ichki ishlar bo‘limining bir necha nafar xodimlari tomonidan qiynoqqa solinishi oqibatida vafot etganidan xabaringiz bor. 

Katta shou-shuvga sabab bo‘lgan mazkur holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgani, tergov harakatlari Bosh prokurorning shaxsiy nazorati ostida markaziy mahkamaning O‘ta og‘ir jinoyatlarni tergov qilish boshqarmasi ish yurituviga olingani xususida ham xabar bergan edik.

Bosh prokuratura matbuot xizmati rahbari Hayot Shamsutdinovning «Xabar.uz»ga ma’lum qilishicha, mazkur jinoyat ishi bo‘yicha tergov harakatlari yakuniga yetdi. Unga ko‘ra, jinoyat ishi ayblov xulosasi bilan jinoyat ishlari bo‘yicha Andijon viloyati sudiga mazmunan ko‘rib chiqish uchun yuborilgan.

Tergov davomida 6 nafar shaxsga nisbatan Jinoyat kodeksining 104, 206, 227, 234 va 235-moddalari bilan ayb e’lon qilinib, 5 nafariga «qamoqqa olish» va 1 nafariga «munosib xulq-atvorda bo‘lish to‘g‘risida tilxat» ehtiyot choralari qo‘llanilgan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring