Andijonda «Mayning-ferma» egasiga salkam 1 mlrd jarima solindi
Noqonuniy ravishda elektr energiyasidan foydalanib «Mayning-ferma» tashkil qilgan shaxsga katta miqdorda jarima tayinlangan.
Andijon viloyati IIB Kiberxavfsizlik bo‘limi va DXX Andijon viloyati boshqarmasi xodimlari hamkorlikda elektron texnologiyalar bilan bog‘liq noqonuniy holatlarni aniqlash yuzasidan o‘tkazilgan tezkor-profilaktik tadbirlar davomida Andijon shahrida istiqomat qiluvchi 1994 y.t. Q.B. noqonuniy ravishda o‘z yashash xonadonida 21 ta faol «mayning» qurilmalaridan foydalanib «Mayning-ferma» tashkil qilganligi aniqlangan.
«Mayning-ferma» faoliyati uchun hech qanday ruxsatnoma va hujjatlarsiz elektr energiyasidan foydalanib kelganligi hamda ushbu xonadon egalari elektr tarmog‘iga o‘zboshimchalik bilan hisoblagichlarsiz ulanib olganligi aniqlangan.
Q.B.ga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 101-moddasi bilan 900 million so‘m miqdorida jarima jazosi tayinlangan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter