Andijonda IIB tezkor xodimi joniga qasd qilindi
Andijon viloyati, Izboskan tuman IIB tezkor xodimlari S.Ya va I.X. 22-noyabr, tungi soat 01:30larda xizmat vazifasini o‘tayotib, fuqarolar Z.T, S.N, F.Yu, E.E, A.S, X.M va A.J.ni to‘xtatib, ularning shaxsini aniqlash maqsadida o‘zlarini tanishtirishini so‘rashgan.
Bosh prokuratura matbuot xizmati xabar berishicha, fuqaro A.J. ichki ishlar xodimlari talabiga bo‘ysunmasdan qarshilik ko‘rsatgan va telefon orqali ukasi S.J va jiyani Z.Q.ni chaqirgan. Ular voqea joyiga yetib kelgach, bu shaxslar ichki ishlar xodimi I.X.ni ayovsiz urib, tepkilab o‘ldirishadi.
Shuningdek, S.Ya. olgan tan jarohatlari bilan shifoxonaga yotqizilgan.
A.J., S.J. va Z.Q.larga nisbatan viloyat prokuraturasi tomonidan Jinoyat kodeksining 97-moddasi 2-qismi bo‘yicha jinoiy ish qo‘zg‘atilgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter