Andijonda firibgar ayollar qalbaki diplomni 2100 AQSh dollariga pullamoqchi bo‘lishdi
Hech bir foydali mehnat bilan shug‘ullanmasdan, mo‘may daromad topish maqsadida M.Imyaminova va B.Yuldasheva o‘zaro jinoiy til biriktirishdi.
Ular M.Olimjonova nomiga Farg‘ona davlat universitetitini tamomlagani haqida diplomini hamda M.Yuldasheva nomiga Asaka kasb-hunar kollejini tamomlagani haqida diplomini qalbaki usulda tayyorlashib, 2100 AQSh dollariga sotishayotgan vaqtda huquqni muhofaza qiluvchi organlar tomonidan ushlanib, ashyoviy dalillar bilan qo‘lga olindi.
Ushbu fuqarolarga O‘zbekiston Respublikasi JK 228-moddasi 2-qismining «b» bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borildi.
2018-yil 12-iyun kuni sayyor sud majlisida jinoyat ishlari bo‘yicha Andijon shahar sudining sudyasi U.Jo‘rayev tomonidan ish mazmunan ko‘rilib, tegishli jazo choralari tayinlandi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter