Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Andijonda Departament bir guruh shaxslarni ushladi

Andijonda Departament bir guruh shaxslarni ushladi

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Andijon viloyat boshqarmasi tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda katta miqdordagi xorij valyutasini noqonuniy muaomalaga kirtilishi oldi olindi. Bu haqda «Xabar.uz»ga mahkama matbuot xizmati ma’lum qildi.

Unga ko‘ra, uch nafar fuqaro oldindan til biriktirib, fuqaro J.B.ning bank plastik kartasida bo‘lgan 230 mln. so‘m pulini 4 foiz ustama olib qolish sharti bilan naqdlashtirib berishga kelishadi. Bu hali hammasi emas. Kelishuvning plastikdagi pullarni naqdlashtirish evaziga 21 775 AQSh dollarini har bir AQSh dollarini 10 140 so‘mdan hisoblab, 220,8 mln. so‘mga sotish qismi ham bor edi.

Ammo ish o‘xshamadi. Maslahatga maxsi kiygizilib, amaliy ishga o‘tilgan paytda ashyoviy dalillar bilan qo‘lgan olinishini uchovlon qaydan bilibdi, deysiz?!

Alqissa, holat yuzasidan uchovlonga nisbatan (Jinoyat kodeksining tegishli moddasi bilan) jinoyat ishi qo‘zg‘atildi. Ayni paytda tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring