Amudaryodagi qotillik fosh etildi
2019-yil 8-fevral kuni Qoraqalpog‘iston Respublikasi Amudaryo tumani O‘zbekiston ko‘chasida yashovchi Sh.A.ning uyidan, Tadbirkorlar ko‘chasida yashagan S.S.ismli shaxsning tan jarohatlari bilan jasadi topilib, mazkur holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan edi.
IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi xabar berishicha, ko‘rilgan choralar natijasida ushbu jinoyatni Amudaryo tumani O‘rtaqa’la MFYda yashovchi A.A. sodir etganligi aniqlanib, ushlangan. Tergov harakatlari davom etmoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter