Alisher Navoiy haykali oldida noo‘rin xatti-harakatlar qilgan yigit 15 sutkaga qamaldi
Ijtimoiy tarmoqlarda Alisher Navoiy haykali oldida noo‘rin xatti-harakatlar sodir qilgan kattaqo‘rg‘onlik yigitning videosi tarqalgan edi.
Samarqand viloyati IIB axborot xizmatiga ko‘ra, unga nisbatan Kattaqo‘rg‘on shahar IIB tomonidan tegishli tartibda hujjatlar rasmiylashtirilib, sudga oshirilgan.
Sud yigitga nisbatan 15 sutka ma’muriy qamoq jazosi tayinladi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter