O‘z bolasi ta’minotidan bo‘yin tovlagan otalarga «15 sutka» saboq bo‘larmikan?
Fuqarolik ishlari bo‘yicha Karmana tumanlararo sudi Salim Amirovga (barcha ism-familiyalar o‘zgartirilgan) ikki nafar voyaga yetmagan farzandining moddiy ta’minoti uchun aliment to‘lash majburiyatini yuklaganiga olti yildan oshgandi. Ammo u majburiyatini ado etgani yo‘q. Natijada 6 209 616 so‘m qarzdorlik kelib chiqdi.
Xo‘sh, nima qilish kerak? Buning huquqi chorasi bor. Qiziltepa tuman ma’muriy sudining qaroriga asosan S.Amirovga 15 sutka qamoq jazosi tayinlandi.
Fuqaro Xurshid Shoyqulov boshiga ham xuddi shunday qismat tushdi. U voyaga yetmagan 1 nafar farzandi moddiy ta’minotidan bo‘yin tovlagani uchun qarzi olti millon yetti yuz ming so‘mdan oshib ketibdi. Bu miqdor yillar davomida yig‘ilib qolganini ilg‘agan bo‘lsangiz kerak. Bu yog‘i nima bo‘ladi? Qonun aytgani-da: ungayam 15 sutka!
Sud qarorini bajarmaslik shu va shu kabi oqibatlarga olib kelishi mumkinligi haqida ular vaqtida ogohlantirilgan edi. Shunga qaramay...
O‘z bolasi ta’minotidan bo‘yin tovlagan bunday otalarga «15 sutka» saboq bo‘larmikan? Insof bersin...
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter