Aksilkorrupsiya qonuni loyihasi deputatlar tomonidan ma’qullandi
Joriy yilning 24 iyul kuni Oliy Majlis Qonunchilik palatasining navbatdagi majlisi bo‘lib o‘tdi.
Unda Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi tomonidan ishlab chiqilgan «O‘zbekiston Respublikasida korrupsiyaga qarshi kurashish tizimi takomillashtirilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida»gi Qonun loyihasi ikkinchi o‘qishda muhokama qilindi.
Moddama-modda muhokama qilingan loyiha deputatlarning ko‘pchilik ovozi bilan ma’qullandi va tasdiqlash uchun Oliy Majlis Senatiga yuboriladi.
Qonun loyihasidagi normalar bilan korrupsiyaga oid huquqbuzarliklar to‘g‘risida axborot berayotganlarning shaxsi sir saqlanishi, o‘zining, shuningdek yaqin qarindoshlarining ijtimoiy-huquqiy himoya qilinishi davlat tomonidan kafolatlanmoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter