Aeroportda yo‘lovchi yonidan ikkita qadimiy tanga chiqdi
Surxondaryo viloyati bojxona boshqarmasi «Termiz aeroporti» chegara bojxona posti xodimlari tomonidan bojxona chegaralari orqali madaniy boyliklarni noqonuniy ravishda yurtimiz hududidan olib chiqishga uringan shaxs to‘xtatib qolingan.
Mazkur post orqali «Termiz-Domodedova» yo‘nalishida uchib ketayotgan fuqaro J.B. yashil yo‘lak orqali harakatlanar ekan, unga tegishli bo‘lgan sumka rentgen apparatidan o‘tkazildi.
Natijada, mazkur sumkada og‘zaki so‘rovda ma’lum qilinmagan, sumka ichidagi oq ro‘molchaga o‘ralgan ellik yil muqaddam va undan ham oldinroq yaratilgan, respublika hududidan olib chiqilishi taqiqlangan 2 dona qadimiy tangalar borligi aniqlandi.
Mazkur holat yuzasidan bojxona organlari tomonidan surishtiruv harakatlari davom ettirilmoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter