Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Adliya vazirligining sobiq xodimi tergov hibsxonasidan ozod etildi

Adliya vazirligining sobiq xodimi tergov hibsxonasidan ozod etildi

Manba: Twitter

Adliya vazirligining Jamoatchilik bilan aloqalar bo‘limi sobiq bosh maslahatchisi Husan Ravshanovga qo‘llangan qamoqqa olish ehtiyot chorasi o‘zgartirilib, u qo‘yib yuborildi. Bu haqda uning advokati Abdumalik Abdullayev ma’lum qildi.

«2023 yil 3 may kuni sayyor qabulda mojaroli holat kuzatilib, Bosh prokuror o‘rinbosari Svetlana Ortiqova Bosh prokuror Nig‘matilla Yo‘ldoshev bilan uchrashmoqchi bo‘lgan ayol va uning qaynotasini rahbarining qabuliga o‘tkazishni istamagani ijtimoiy tarmoqlarda e’tirozlarga sabab bo‘ldi.

Jinoyat ishlari bo‘yicha Yashnobod tuman sudining 2023 yil 4 maydagi ajrimiga asosan Husan Ravshanovni qamoqqa olish ehtiyot chorasi o‘zgartirilib, 1-sonli tergov hibsxonasidan ozod etildi.

Yashnobod tuman sudi sudyasi jinoyat ishini sudda ko‘rish uchun tayinlash haqida ajrim chiqarish vaqtida JPK 396-moddasiga muvofiq ayblanuvchiga nisbatan ehtiyot chorasi noto‘g‘ri tanlangan, degan to‘xtamga kelib ehtiyot chorasini o‘zgartirish haqida ajrim chiqardi», deyiladi xabarda.

Avvalroq Adliya vazirligi sobiq xodimiga qarshi ish ochilgani va tergov olib borilayotgani xabar berilgandi. Sobiq xodim hamkasblari sha’ni va qadr-qimmatini kamsituvchi ma’lumotlarni ijtimoiy tarmoqlarda tarqatib kelganlikda ayblangandi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring