Adliya vazirligi oylik ish haqi 4 mln. so‘mdan 8 mln. so‘mgacha bo‘lgan ishga taklif qilmoqda
Adliya vazirligi vazirlik markaziy apparatidagi bo‘sh ish o‘rinlariga malakali mutaxassislarni ishga taklif qiladi.
Nomzodlarga qo‘yiladigan talablar:
- oliy yuridik ma’lumot;
- davlat tilini yaxshi bilish (rus yoki boshqa tillarni bilish ustunlik beradi);
- yuklatilgan vazifalarni bajara olish, qonun hujjatlarini amaliyotga to‘g‘ri qo‘llanishini tahlil qilish qobiliyatiga ega bo‘lish;
- hujjatlar loyihalarini tayyorlash va rasmiylashtirish.
Vazifalari:
- qonun hujjatlari loyihalarini huquqiy ekspertizadan o‘tkazish;
- huquqni qo‘llash amaliyotini o‘rganish va tahlil qilish;
- yuridik va jismoniy shaxslarning murojaatlarini ko‘rib chiqish va qonuniy hal etish;
- davlat organlari va tashkilotlarining huquqiy ishlari holatini monitoring qilish va ushbu tashkilotlar yuridik xizmati faoliyatini metodik ta’minlash, nazorat qilish va muvofiqlashtirish.
- yangi qabul qilingan qonun hujjatlari mazmun va mohiyatini aholiga va ijrochilarga tushuntirish;
- huquqni qo‘llash amaliyoti bo‘yicha tahliliy materiallar tayyorlash;
- statistik ma’lumotlarni tahlil qilish va natijasi bo‘yicha takliflar tayyorlash.
Oylik ish haqi, ijtimoiy himoyalashga qaratilgan quyidagi choralar va to‘lovlar ta’minlanadi:
- oylik ish haqi – 4 mln. so‘mdan 8 mln. so‘mgacha (mukofot puli va moddiy yordamlardan tashqari). Keyinchalik ushbu oylik ish haqiga martaba darajalari uchun va ko‘p yillik xizmati qo‘shimchalar berib boriladi;
- 6 ta bayram va 4 ta chorak yakunlari bo‘yicha oylik ish haqi fondi miqdorida mukofot pullari;
- qishloq xo‘jaligi mahsulotlari sotib olish uchun yilda bir marotaba moddiy yordam (eng kam oylik ish haqining 10 baravari miqdorida);
- uy-joy sharoitlarini yaxshilashga muhtoj bo‘lgan xodimlarga uy-joy sotib olish uchun besh yildan ko‘p bo‘lmagan muddatga va eng kam ish haqining ming barobaridan oshmagan miqdorda foizsiz qarz ajratish.
Bundan tashqari:
- adliya organlari xodimlariga beriladigan maxsus unvon – martaba darajalari beriladi;
- ilg‘or xorijiy tajribani o‘rganish maqsadida chet ellarga xizmat safarlari va stajirovkalarga yuboriladi.
Tanlovda ishtirok etish istagini bildirgan nomzodlar 2018 yil 1 may kuniga qadar o‘z shaxsiy varaqasini [email protected] elektron pochtasiga taqdim etishlari lozim. Yuborilayogan ma’lumotnomada nomzodning yashash manzili va telefon raqamlari to‘g‘risidagi ma’lumotlar ham eks ettirilishi kerak.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter