Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Adliya vazirligi ijarada yashovchilarga tushuntirish berdi

Adliya vazirligi ijarada yashovchilarga tushuntirish berdi

Foto: Xabar.uz

Uy-joy ijara shartnomasi bir tomonlama o‘zgartirilmaydi va bekor qilinmaydi. Bu haqda Adliya vazirligi xabar bermoqda.

So‘ngi vaqtlarda mamlakatimizga xorijdan tashrif buyuruvchi fuqarolarning keskin ko‘payishi kuzatilmoqda. Ayrim yurtdoshlarimiz tomonidan uy-joy ijarasi orqali ko‘proq daromad olish maqsadida avval ijaraga berilgan kvartiralardan ijarachilarni majburlab chiqarib yuborish yoki asossiz ravishda narxni oshirish holatlari kuzatilmoqda.

Vazirlik o‘z ma’lumotida uy-joy egalarining ushbu harakatlari Fuqarolik kodeksi va boshqa qonunchilik hujjatlari talablari buzilishiga sabab bo‘lishi hamda kvartiralarni ijaraga berishning ayrim muhim huquqiy asoslari to‘g‘risida eslatib o‘tdi:

  • Ijaraga oluvchi uy-joydan boshqa maqsadda foydalansa yoki qo‘shnilarning huquqlari va manfaatlarini buzsa, ijaraga beruvchi ijaraga oluvchini qoidabuzarlikka yo‘l qo‘ymaslik haqida ogohlantirishi mumkin.
  • Ijaraga oluvchi ogohlantirish olganidan keyin ham qoidabuzarliklarni davom ettirsa, ijaraga beruvchi shartnomani sud tartibida bekor qilishga haqli.

Yuqoridagilarga ko‘ra, shartnoma shartlarini bir tomonlama o‘zgartirishga yo‘l qo‘yilmaydi.

Ijaraga beruvchilarning kvartiradan chiqib ketish yoki ko‘proq haq to‘lashga oid noqonuniy talablari ustidan fuqarolik ishlar bo‘yicha sudlarga murojaat qilish orqali buzilgan huquqlarni tiklash mumkin, deyiladi Adliya vazirligi xabarida.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring