Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Adliya vazirligi 2018-yilda amalga oshirilgan ishlar bo‘yicha hisobot kitobini taqdim etdi

Adliya vazirligi 2018-yilda amalga oshirilgan ishlar bo‘yicha hisobot kitobini taqdim etdi

Foto: Adliya vazirligi matbuot xizmati

Adliya vazirligi tomonidan nashr etilgan «Adliya hisobot beradi» nomli hisobot kitobi omma e’tiboriga havola etildi.

Hisobotni e’lon qilishdan asosiy maqsad adliya organlari faoliyatida ochiqlilikni ta’minlash, erishilgan natijalarini sarhisob qilish va ular haqida ommaga batafsil ma’lumot berish deb ko‘rsatilgan.

Kitob orqali fuqarolar 2018-yil davomida adliya organlarining har bir faoliyat yo‘nalishida amalga oshirilgan ishlar bo‘yicha batafsil tahliliy axborotga ega bo‘lish imkoniga ega bo‘ladi.

Shuningdek, hisobotda vazirlik faoliyati davomida amalga oshirilgan ilohotlar va o‘zgarishlar, kelajakdagi maqsadlar va muhim strategik rejalar ham o‘z ifodasini topgan.

Ushbu maqsad va rejalar Adliya vazirligi faoliyatining samaradorligini ta’minlovchi muhim omillardan biri bo‘lishi bilan birga adliya organlarini jamoatchilik oldidagi mas’uliyatini ham oshiradi.

«Adliya hisobot beradi» nomli kitob matni bilan ushbu havolada  tanishish mumkin.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring