42 marotaba yo‘l qoidasini buzgan haydovchining gips ishlab chiqarish uskunasi xatlab qo‘yildi
Yo‘l harakati qoidalarini muntazam buzib kelganligi uchun Buloqboshi tumanida yashovchi M.J. 42 ta ma’muriy jarimaga tortilgan.
IIB YHXB organlari tomonidan Majburiy ijro byurosi Buloqboshi tuman bo‘limiga kelib tushgan jarima solish to‘g‘risidagi 42 ta qarorlarga muvofiq M.J.dan jami 17 mln so‘mdan ziyod ma’muriy jarimalar undirilishi belgilangan.
Bo‘lim davlat ijrochisi qarzdorni jarima pullarini to‘lashi yuzasidan ogohlantirgan. Biroq, jarima pullari to‘lanmagach, ijro harakatlari olib borilgan hamda qarzdor M.J.ning yashash xonadonidagi gips ishlab chiqarish uskunasi xatlab qo‘yilgan.
Kelgusida qarzdorlik bartaraf etilmasa, xatlangan uskunani savdoga chiqarish choralari ko‘riladi, deyiladi MIB xabarida.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter