15 yildan buyon xalqaro qidiruvda bo‘lgan o‘zbekistonlik BAAda qo‘lga olindi
Interpolning O‘zbekistondagi Milliy markaziy byurosi o‘ta og‘ir jinoyatlarni sodir etishda ayblangan fuqaroni Abu-Dabida qo‘lga oldi. Bu haqda byuro matbuot xizmati xabar berdi.
Qayd etilishicha, xalqaro qidiruvda bo‘lgan shaxs BAA Interpol Milliy markaziy byurosi (MMB) xodimlari bilan hamkorlikdagi tezkor qidiruv tadbiri natijasida qo‘lga olingan.
Ushbu shaxs 1972 yilda tug‘ilgan O‘zbekiston fuqarosi S.M. bo‘lib, u Jinoyat kodeksining 155, 161, 242 va 244-moddalarida (terrorizm, qo‘poruvchilik, jinoiy uyushma tashkil etish, ommaviy tartibsizliklar) nazarda tutilgan og‘ir va o‘ta og‘ir jinoyatlarni sodir etgani uchun O‘zbekiston huquq-tartibot organlari tomonidan 2006 yildan beri xalqaro qidiruvda bo‘lgan.
Ta’kidlanishicha, olingan materiallar asosida ushbu shaxsning taxminiy joylashuvi haqidagi ma’lumot Interpolning bosh kotibiyatiga yuborilgan. Fuqaro S.M. 2006 yildan boshlab AQSh hududida yashirinib yurgani aniqlangan. 2021 yilning sentyabr oyida Vashington MMB tomonidan fuqaro S.M. AQSh hududuni tark etgani to‘g‘risida ma’lumot kelib tushgan.
Abu-Dabi Interpoli xodimlarining hamkorlikdagi o‘tkazilgan tezkor qidiruv tadbiri natijasida fuqaro S.M. Abu-Dabiga yetib kelgan kunidan besh kun o‘tib qo‘lga olingan va hozirda uni O‘zbekistonga ekstraditsiya qilish choralari ko‘rilmoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter