15 daqiqada fosh etilgan o‘g‘rilik
2021-yil 23-may kuni taxminan soat 2:55 larda Toshkent viloyati Angren shahri 5-dahada tungi xizmatni o‘tayotgan Toshkent viloyati IIBB PPX xodimi, safdor Sh.Yo‘ldoshev va safdor U.Shodimatovlar e’tiborini katta sumka ko‘tarib kelayotgan ikki shaxs tortadi va xodimlar ular tomon harakatlanganda, ular qochishga urinadi. PPX xodimlari darhol shubhali shaxslar harakatini cheklab, ularni qo‘lga oladi va shahar IIBga olib boradi.
Olib borilgan surishtiruv ishlari natijasida qo‘lga olingan shaxslar 2000-yilda tug‘ilgan S.G‘. va 2002-yilda tug‘ilgan O.I. ekanligi hamda ular fuqaro Isayevaga tegishli oziq-ovqat do‘konidan bir necha turdagi mahsulotlarni do‘kon eshigini buzish yo‘li bilan o‘g‘irlab ketayotganligi aniqlanadi.
Ma’lum bo‘lishicha, o‘g‘irlik shaxslar ushlanishidan 15 daqiqa olin sodir bo‘lgan.
Holat yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 169-moddasi 3-qismi «a» bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan, deya xabar berdi Toshkent viloyati IIBB Axborot xizmati.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter