10 nafar sudya intizomiy javobgarlikka tortildi
Joriy yilning 3-fevral kuni yo‘l qo‘ygan kamchiliklari va mas’uliyatsizligi uchun fuqarolik ishlari bo‘yicha Buxoro tumanlararo sudining sudyalari A. Baxromov va H. Saidov, Buxoro tumanlararo iqtisodiy sudi sudyasi F. Murodov, jinoyat ishlari bo‘yicha Buxoro shahar sudining sudyasi A. Jabborov, fuqarolik ishlari bo‘yicha Nukus tumanlararo sudining sudyasi Sh. Abdijemilova, jinoyat ishlari bo‘yicha Nukus shahar sudining sudyalari I. Kalniyazov va M. Bekimbetov, fuqarolik ishlari bo‘yicha Ohangaron tumanlararo sudining sudyasi D. Shomatova, fuqarolik ishlari bo‘yicha Quyi Chirchiq tumanlararo sudining sudyasi J. Bobonazarov, jinoyat ishlari bo‘yicha Yangiyo‘l tuman udi sudyasi Sh. Amirov intizomiy javobgarlikka tortildi.
Bu haqda Sudyalar oliy kengashi matbuot xizmati xabar berilmoqda.
Unga ko‘ra, 2022-yildan e’tiboran sud tizimida ochiqlik hamda shaffoflikni ta’minlash orqali sudyalarning mas’uliyatini yanada oshirish maqsadida yo‘l qo‘ygan kamchiliklari uchun intizomiy javobgarlikka tortilganlar haqida ham muntazam ochiq axborot berib boriladi.
Keyingi yillarda sud-huquq sohasida olib borilayotgan islohotlar, ayniqsa, davlatimiz rahbarining 2020-yil 7-dekabrdagi «Sudyalarning chinakam mustaqilligini ta’minlash hamda sud tizimida korrupsiyaning oldini olish samaradorligini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi farmoni tizimda katta o‘zgarishlarga sabab bo‘ldi.
Ta’kid etilishicha, sudyalar qonunga muvofiq odil sudlovni amalga oshirishga vakolat berilgan shaxslardir. Shu bois barcha sudya bir xil maqomga ega. Sudning faoliyati qonun ustuvorligini, ijtimoiy adolatni, fuqarolar tinchligi va totuvligini ta’minlashga qaratilgani bois sudyaning zimmasidagi mas’uliyat katta.
O‘z navbatida, sudyaning maqomi hamda mas’uliyatidan kelib chiqib, ularning ijtimoiy muhofazasi kuchaytirildi, faoliyati haqli e’tirofga munosiblari rag‘batlantirib kelinmoqda. Kuni kecha yuqorida qayd etilgan Farmonga asosan tizim tarixida birinchi marta joriy etilgan «Ibratli sudya» mukofotining ilk 16 nafar sohiblari aniqlanib, tantanali ravishda topshirilgani bunga yaqqol dalil.
Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston Respublikasi Sudyalar oliy kengashi raisi X. Yodgorov 2021-yilda Kengashi qarori bilan 38 nafar sudyaning vakolati muddatidan ilgari tugatilib, vazifasidan ozod etilganini ( shuningdek, 220 nafar sudya boshqa turdagi intizomiy javobgarlikka tortilganini) ma’lum qilgandi. Ularning 19 nafari sudyalik qasamyodi va «Sudyalar odobi kodeksi» talablarini buzgani uchun, 8 nafari o‘z xohishiga ko‘ra, 8 nafari boshqa ishga o‘tgani, 3 nafari esa vafot etgani munosabati bilan vakolati muddatidan ilgari tugatilgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter