Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«Haydovchini chiqarib olishning iloji bo‘lmagan»

«Haydovchini chiqarib olishning iloji bo‘lmagan»

Jizzax viloyatining Zomin tumanida sodir bo‘lgan yo‘l-transport hodisasi oqibatida haydovchilardan biri halok bo‘ldi, deb xabar bermoqda viloyat IIB matbuot xizmati.

Qayd etilishicha, tuman hududidan o‘tgan Qo‘qon–Jizzax A 376 yo‘lining 256-kilometrida «Nexia» avtomobili «Zil-138» yuk mashinasi bilan to‘qnashgan. Oqibatda tumanning Beshyuz qishlog‘ida istiqomat qilgan B.O‘. boshqaruvidagi «Nexia» to‘liq yonib ketgan. Haydovchini avtoulovdan chiqarib olishning iloji bo‘lmagan va u voqea joyida halok bo‘lgan.

Ko‘ngilsiz hodisaga yengil mashina haydovchisining uxlab qolishi natijasida «Zil-138» yo‘liga chiqib ketishi sabab bo‘lgani aytilmoqda. Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring