«Zomin tog‘larida yana yong‘inmi?» xabariga rasmiy munosabat bildirildi
Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan «Zomin tog‘larida yana yong‘inmi?» sarlavhali xabarga rasmiy munosabat bildirildi.
Favqulodda vaziyatlar vazirligi joriy yilning 1-avgust kuni soat 10:40 larda Zomin tumanida ro‘y bergan yong‘in soat 18:20 larda bartaraf etilgan bo‘lib, hozirda hududda yong‘indan keyingi tozalash ishlari amalga oshirilayotganligini ma’lum qiladi.
Hududda favqulodda vaziyatlarning oldini olish va bunday vaziyatlarda harakat qilish davlat tizimi (FVDT) organlari shaxsiy tarkibi va maxsus texnikalari faoliyat yuritmoqda. Vaziyat to‘liq nazorat ostida, deyiladi xabarda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter