O‘zbekiston hududida yer qimirladi
O‘zbekiston Respublikasi hududida mahalliy vaqt bilan 12.11.2021 06:38 da (12.11.2021 yil, Grinvich bo‘yicha 01:38 da) zilzila sodir bo‘ldi. Bu haqda FVV Seysmoprognostik monitoring Respublika markazi xabar qildi.
Epitsentr: Andijon viloyati, Jalaquduq tumani. Zilzila koordinatalari: 40,8 gradus shimoliy kenglik; 72,71 gradus sharqiy uzunlik. Magnituda M=4,1. Chuqurlik 10 km. Zilzila epitsentri Toshkentdan 298 km janubiy-sharqda.
O‘zbekiston Respublikasi hududida sezilish kuchi:
- Jalaquduq tumanida 4 ball, 10 km.
- Qo‘rg‘ontepa tumanida 3-4 ball, 14 km.
- Andijon tumanida 3 ball, 21 km.
- Xo‘jaobod tumanida 3 ball, 21 km.
- Xonobod tumanida 2-3 ball, 29 km.
- Andijon shahrida 2-3 ball, 30 km.
- Buloqboshi tumanida 2-3 ball, 30 km.
- Paxtaobod tumanida 2-3 ball, 31 km.
- Izboskan tumanida 2 ball, 40 km.
- Asaka tumanida 2 ball, 43 km.
- Oltinko‘l tumanida 2 ball, 44 km.
- Marhamat tumanida 2 ball, 47 km.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter