Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Zangiotadagi yong‘in salkam yetti soatda o‘chirildi

Zangiotadagi yong‘in salkam yetti soatda o‘chirildi

Foto: Xabar.uz

Bugun, 11-yanvar kuni Toshkent viloyatining Zangiota tumani, «Gulzor» MFYda joylashgan tekstil sexida yong‘in sodir bo‘lgani haqida xabar berilgandi. FVV yong‘in haqida qo‘shimcha ma’lumot berdi.

Xabarga ko‘ra, 11-yanvar soat 08:05 da Toshkent viloyati Zangiota tumani «Gulzor» MFY Yoshlik ko‘chasida joylashgan tekstil sexida yong‘in sodir bo‘layotganligi to‘g‘risida FVBga xabar kelib tushdi.

Shunga asosan yong‘in-qutqaruv ekipajlari soat 08:20 da voqea joyiga yetib borib, yong‘in soat 11:05 da qurshab olingan va soat 15:05 da bartaraf etilgan. Yong‘inni bartaraf etishga 37 ta yong‘in-qutqaruv ekipaji jalb etilgan.

Yong‘in natijasida binoning 2-3 qavatlaridagi 2900 kv.m ishlab chiqarish maydonlari, uskunalar va unda saqlanayotgan tayyor hamda yarim tayyor trikotaj mahsulotlari yonib zararlangan. Yong‘indan binoning 11500 kv.m maydoni saqlab qolingan.

Hodisa oqibatida tan jarohati olgan va halok bo‘lganlar yo‘q.

Hozirda yong‘inning kelib chiqish sababi va moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda.

Voqea joyiga O‘zbekiston Respublikasi FVV rahbariyati, viloyat va tuman FVB rahbariyati yetib borgan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring